Futbol boʻyicha 2034-yilgi jahon chempionati Saudiya Arabistonida oʻtkaziladi

01:16 01 Noyabr 2023 Sport
307 0

Foto: Reuters

Maʼlum qilinishicha, ushbu nufuzli musobaqa mezbonligiga faqatgina Saudiya Arabistoni rasman ariza bergan.

Arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati 31-oktyabr edi. Shu bois FIFA musobaqa Saudiya Arbistonida oʻtkazilishi toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

Futbol boʻyicha 2026-yilgi jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksikada oʻtkaziladi. 

2030-yilgi jahon chempionatini esa uch qitʼa — Yevropa, Afrika va Janubiy Amerika qabul qiladi. Musobaqa mazkur qitʼalarning oltita davlati — Ispaniya, Portugaliya, Marokash, Urugvay, Argentina va Paragvayda tashkil etiladi. Ushbu olti mamlakat turnirga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanmaga ega boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер