Fuqaroga tarsaki tushirgan Chiroqchi hokimi intizomiy jazoga tortildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Chiroqchi tumani hokimi Fayzulla Yusupovning fuqaroga nisbatan qoʻpol xatti-harakatlari bilan bogʻliq video tarqaldi. Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati mazkur holat yuzasidan munosabat bildirdi.
“Ushbu masala viloyat hokimligi apparat yigʻilishida keskin muhokama qilingan. Tuman hokimi F.Yusupov shu va ish faoliyatida yoʻl qoʻygan boshqa kamchiliklari uchun intizomiy jazoga tortilgan”, deb yozdi viloyat hokimligi matbuot kotibi Ahror Sodiqov.
Shuningdek, rasmiy munosabatda tuman hokimi har bir fuqaro bilan xushmuomala va hurmat bilan munosabatda boʻlishi, muloqot chogʻida odob-axloq qoidalariga qatʼiy rioya qilishi uqtirildi va kelgusida bu kabi holatlarga yoʻl qoʻygan taqdirda tegishli javobgarlikka tortilishi toʻgʻrisida qatʼiy ogohlantirilgani qayd etilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring