Fransiyada Zelenskiy jahon urushini qoʻzgʻatishga intilayotganlikda ayblandi

02:45 26 Fevral 2023 Dunyo
1431 0

Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati

Fransuz siyosatchisi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni muzokaralardan bosh tortishni toʻxtatishga chaqirdi.

Fransiyaning “Patriotlar” partiyasi raisi Florian Filippo Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni jahon urushini boshlashga intilayotganlikda aybladi.

U Germaniya kansleri Olaf Shols va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Zelenskiyga Rossiya bilan tinchlik muzokaralarini boshlashni soʻrab murojaat qilgani haqidagi maʼlumotga munosabat bildirdi. Ushbu murojaatga Ukraina yetakchisi rad javobini bergan edi.

“Amerika «qirgʻiylari” tomonidan yuborilgan Zelenskiy, agar kerak boʻlsa, jahon urushigacha boradi: keling, uni toʻxtataylik!» deya yozgan fransuz siyosatchisi.

Avvalroq, Florian Filippo Tayvanda AQSH harbiy kuchlari soni ortishi haqidagi maʼlumotga izoh berib, AQSH tufayli Tayvanning “ikkinchi Ukraina”ga aylanishi mumkinligi haqida gapirgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?