Fransiyada ogʻirligi 15 tonna boʻlgan kit qirgʻoqqa chiqib qoldi

19:31 08 Noyabr 2021 Dunyo
1926 0

Fransiya shimolidagi Kale porti ishchilari qirgʻoq yaqinida uzunligi 19 metr, ogʻirligi taxminan 15 tonna boʻlgan kit jasadini topdi. Bu haqda yakshanba kuni La Voix du Nord gazetasi maʼlum qildi.

Guvohlarning soʻzlariga koʻra, suv jonivori logistika terminalining metall tayanchiga urilib, port toʻgʻonidagi tosh tepalik yaqinida qirgʻoqqa chiqib ketgan.

Shimoliy Fransiyadagi sut emizuvchilarni himoya qilish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash rahbari Jak Korpuzopulosning aytishicha, mahalliy vaqt bilan soat 14:00 da voqea joyiga yetib kelganida jonivorning nobud boʻlgan. Uning soʻzlariga koʻra, kitning jasadi dushanba kuni dengiz sathi koʻtarilganda olib tashlanadi va seshanba kuni ertalab ekspertiza oʻtkaziladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?