Forish tumani hokimi oʻrinbosari pora bilan ushlandi

14:51 17 Avgust 2025 Jamiyat
328 0

Videodan kadr

Jizzax viloyatining Forish tumani hokimi oʻrinbosari 20 ming dollar olganida qoʻlga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, hokim oʻrinbosari oʻzining mansab mavqeidan foydalanib, joriy yilning iyun oyida qishloq xoʻjaligi sohasiga ixtisoslashgan MChJ tomonidan auksion savdolari orqali yutib olingan 204 gektar sugʻoriladigan yer maydonini tuman hokimligi zaxirasiga qaytarmaslik va kelgusida ushbu yerdan erkin foydalanishida rahnamolik qilish uchun 30 ming dollar talab qilgan. U mazkur pullarning 20 ming dollarini hozir, qolganini esa hosil yigʻimidan soʻng berishi kerakligini aytgan.

Biroq uning rejasi chippakka chiqib, soʻralgan pul mablagʻidan 20 ming dollarni oʻzining xizmat avtomashinasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Фото: ДХХ

Bildirilishicha, holat yuzasidan mazkur mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер