Firibgar soxta hujjat bilan uzoqqa bora olmadi
Foto: Illustrativ foto
Mamlakatimizda tadbirkorlik qilib, oʻzimni oʻzim ish bilan taʼminlayman, degan kishiga imkoniyat eshiklari yildan-yilga kengroq ochilmoqda. Chunonchi, Respublikamiz Prezidentining 2019-yil 7-martdagi “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi hamda 2021-yil 27-martdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshiriladigan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarorlarida tadbirkorlik istagidagi fuqarolarga imtiyozli kreditlar, ssudalar ajratish kabi bir qator qulayliklar koʻzda tutilgan.
Bu imkoniyatlardan samarali foydalanib jamiyatga foyda keltirayotgan tadbirkorlar talaygina, biroq ulardan maqsadsiz foydalanib, turli firibgarlik sxemalarini ishlab chiqayotganlar ham uchrab turadi. Karmana tumanidagi “Amirbek Kamronbek Javlonbek” MCHJ hamda “Mirjalol Halol Chorvador” oilaviy korxonasi rahbarlarining oʻzaro jinoiy til biriktirib, imtiyozli kredit olishga erishganligi fikrimizga dalildir.
—“Amirbek Kamronbek Javlonbek” MCHJ baliqchilikni rivojlantirish maqsadida “baliq chavoqlari va maxsus yem olish uchun” imtiyozli kredit mablagʻlari ajratilishi yuzasidan “Agrobank” ATB Karmana filialiga ariza bilan murojaat qilib, oʻzi yoki boshqa shaxs foydalanishida muayyan huquq yaʼni, bankdan 245 mln. soʻm miqdorida imtiyozli kredit olish huquqini beradigan hisob-varaq shartnomasi va mahsulotlar yetkazilganligi yuzasidan hisob-varaq fakturasi, rozilik xatlari, baliqxona hovuzini ijaraga berish yuzasidan ijara shartnomasini tuzib, ularga soxta maʼlumotlar kiritadi, — deydi jinoyat ishlari boʻyicha Karmana tuman sudi raisi Jahongir Karimov. — Natijada bankdan “Baliq chavoqlari va maxsus yem olish” maqsadida 14 foiz ustama haq toʻlash sharti bilan 3 yil muddatga 245 mln. soʻm miqdorida imtiyozli kreditga shartnoma imzolab, ushbu kredit shartnomasiga asosan 245 mln. soʻm kredit mablagʻlarini “Mirjalol Halol Chorvador” OK hisob raqamiga oʻtkazilishiga erishib, naqdlashtirib olishadi.
Jinoiy til biriktirgan “tadbirkor”larning sodda firibgarlik sxemasi fosh etildi. Jinoyat ishlari boʻyicha Karmana tuman sudining hukmi bilan yetkazilgan 245 mln. soʻmlik zarar “Agrobank” ATB Karmana filialiga toʻliq qaytarilgani hamda kredit yopilganligi inobatga olinib, ularga uzil-kesil, oylik ish haqining 30 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 3 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.
Mazkur jinoyat qalamga olishga arzimasdek tuyulishi mumkin. Lekin ushbu kredit maqsadli ishlatilsa, qancha odam ishli boʻlishi, vaqtida foizi bilan qaytarilsa, yana qaysidir tadbirkor kreditli boʻlishini inobatga olsak, qanchalik ijtimoiy asoratlarga egaligi oydinlashadi.
Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring