Filippinda yana kuchli zilzila sodir boʻldi
Illyustrativ foto
Filippin vulqonologiya va seysmologiya instituti maʼlumotlariga koʻra, seshanba kuni Filippinda yangi kuchli zilzila sodir boʻlgan. Bu safar yer silkinishining kuchi poytaxt Manila janubi-gʻarbidagi Lubang oroli yaqinida magnitudasi Rixter shkalasi boʻyicha 5,9 ga yetgan. Zilzila oʻchogʻi 60 kilometr chuqurlikda qayd etilgan.
Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida maʼlumotlar yoʻq. ABS-CBN xabariga koʻra, zilzila Manilada ham sezilgan va ofis binolarni tark etishga majbur boʻlgan va poyezdlar qatnovi toʻxtatilgan.
Shu yilning 2-dekabr kuni Fiippinning Janubiy Surigao muzofotida 7,4 magnitudali kuchli zilzila sodir boʻlib, kamida ikki kishi halok boʻlgan va toʻqqiz kishi jarohatlangan edi. Hozirgacha bu yerda besh magnitudadan yuqori boʻlgan davriy qoldiq tebranishlar, shuningdek, alohida zilzilalar qayd etilib turibdi.
Shuningdek, 17-noyabr kuni Filippinning Mindanao oroli janubida 6,8 magnitudali kuchli zilzila sodir boʻldi. OAV maʼlumotlariga koʻra, kamida toʻqqiz kishi halok boʻlgan, 15 kishi jarohat olgan. Yuzga yaqin uy vayron boʻlgan, yana 729 ta bino va inshootga zarar yetgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring