FIFA Oʻzbekistonda oʻtadigan futzal boʻyicha JCh timsolini eʼlon qildi
Foto: FIFA
Xabaringiz bor, Oʻzbekistonning uch shahri — Toshkent, Buxoro va Andijon futzal boʻyicha 2024-yilgi FIFA jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. FIFA rasmiy saytida maʼlum qilinishicha, Xon ismli Turon yoʻlbarsi mazkur musobaqaning rasmiy timsoli etib tanlangan.
“XON haqiqatan ham futzalning oʻziga xos xususiyatlari, jumladan, tezligi va jozibali tabiati hamda Oʻzbekistonning mahalliy va mintaqaviy merosini ifodalaydi”, deyiladi FIFA xabarida.
OʻFA esa “Oʻrta Osiyoning yoʻqotilgan boyligi deya taʼriflanadigan Turon yoʻlbarsini Jahon chempionati timsoli deya eʼlon qilinishi butun dunyoni hayvonot dunyosini muhofaza qilishga yana bir bor undashi”ni qayd etdi.
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi ham kuch-qudrat va jasorat timsoli hisoblangan Turon yoʻlbarsi mamlakatda oʻtadigan mundialning rasmiy timsoli etib tanlangani bejiz emasligiga toʻxtaldi.
“Uning oʻziga xos mahorat bilan chaqqon harakat qilishi va uning yuqori tezligi mazkur timsolni futzal sport turi bilan bogʻlaydi”, deyiladi xabarda.
Qoʻshimcha qilinishicha, Oʻrta Osiyoning yoʻqotilgan boyligi deya taʼriflanadigan Turon yoʻlbarsini Jahon chempionati timsoli deya eʼlon qilinishi butun dunyoni hayvonot dunyosini muhofaza qilishga yana bir bor undaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring