FIFA yilning eng yaxshi futbolchisi nomiga nomzodlarning yakuniy roʻyxatini eʼlon qildi
Arxiv surat
Xalqaro futbol federatsiyalari assotsiatsiyasi (FIFA) 2021-yilning eng yaxshi futbolchisi nomiga daʼvogarlar roʻyxatini eʼlon qildi.
Unga koʻra, ushbu sovringa uchun 11 nafar futbolchi daʼvogarlik qilmoqda: Karim Benzema (Fransiya/“Real Madrid”), Kevin De Bryuyne (Belgiya/«Manchester Siti»), Krishtianu Ronaldu (Portugaliya/«Yuventus»/«Manchester Yunayted»), Erling Xolann (Norvegiya/ «Borussiya Dortmund»), Jorjinio (Italiya/“Chelsi”), NʻGolo Kante (Fransiya/“Chelsi”), Robert Levandovski (Polsha/“Bavariya”), Kilian Mbappe (Fransiya/“Pari Sen-Jermen”), Lionel Messi (Argentina/Barselona/“Pari Sen-Jermen”), Neymar (Braziliya/“Pari Sen-Jermen”), Muhammad Saloh (Misr/“Liverpul”).
Yilning eng yaxshi futbolchisi uchun ovoz berish 22-noyabr kuni boshlandi va 10-dekabrgacha davom etadi. Gʻolib kelasi yilning 17-yanvar kuni onlayn marosimda eʼlon qilinadi.
Oʻtgan yil ushbu mukofotni polshalik hujumchi Robert Levandovski olgandi. Ovoz berish yakunlariga koʻra Ronaldu ikkinchi, Messi uchinchi oʻrinni band etgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring