“Fenerbaxche” klubi xayriyaga qoʻl urdi
Turkiyaning “Fenerbaxche” klubi katta xayriya boshladi. Bu haqida “Ysscores” nashri xabar berdi.
Manbada yozilishicha, endilikda “Fenerbaxche” klubining har bir futbolchisi oylik maoshining 1 foizini kam taʼminlangan oilalar uchun xayriya qiladi.
Ayni vaqtda jamoada oʻynayotgan barcha futbolchilar bunga qarshi emas. Oʻz navbatida klub kelajakda jamoaga keladigan futbolchilar bunga rozi boʻlishmasa, ular bilan shartnoma imzolanmasligini maʼlum qilgan.
Maʼlumot uchun, “Fenerbaxche” futbolchilari maoshining 1 foizi bu kichik raqam emas. Masalan, ushbu jamoa futbolchisi Jon Duranning maoshi 1 million 460 ming yevroni tashkil etadi. Bu esa Duran har oyda 15 ming dollarga yaqin mablagʻni xayriya qilishini anglatadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring