Farmatsevtika sohasidagi ayrim tadbirkorlar qator soliqlardan ozod etiladi
Illyustrativ foto
Tadbirkorlar barcha hududlarda ham farmzonalar yoʻqligi sababli, ularga berilgan soliq imtiyozini boshqa korxonalarga ham qoʻllashni soʻragan. Prezidentimiz buni qoʻllab-quvvatladi va farmatsevtika korxonalari uchun yangi imkoniyatlarni eʼlon qildi.
Unga koʻra, joriy yil 1-apreldan boshlab qayerda joylashganidan qatʼi nazar, yangi farmatsevtika vositalari ishlab chiqarish, dorivor oʻsimlik yetishtirish va qayta ishlash yoʻnalishidagi loyihalar boshlanganidan eʼtiboran uch yil muddatga yer soligʻidan ozod qilinadi. Tadbirkorlar loyiha ishga tushgandan boshlab uch yil davomida foyda va mol-mulk soliqlarini toʻlamaydi.
Shu bilan birga, biologik faol qoʻshimcha va kosmetika vositalari ishlab chiqaruvchilari ham xomashyo, uskuna, ehtiyot va butlovchi qismlar importi bojidan ozod qilinadi, farmatsevtika korxonalariga oʻz liniyasida biologik faol qoʻshimcha ishlab chiqarishga ruxsat beriladi.
Bundan buyon har yili 1-iyulgacha mahalliylashtirish tavsiya etiladigan dori vositalari va tibbiy buyumlar roʻyxati tadbirkorlarga eʼlon qilib boriladi.
Roʻyxatdagi dorilarni ishlab chiqarish boʻyicha loyiha qilmoqchi boʻlgan tadbirkorlarga xorijiy valyutada 7 foizli kreditlar beriladi.
Shuningdek, mavjud mahsulotlari boʻyicha mahalliylashtirishni chuqurlashtirmoqchi boʻlgan tadbirkorlarga Sanoat kooperatsiyasi jamgʻarmasidan 10-yilgacha xorijiy valyutada 6 foizli, milliy valyutada 12 foizli kredit ajratiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Sohibqironning bolalik va oʻsmirlik davrlariga bagʻishlangan “Temurbek” nomli tarixiy qissa taqdimot qilindi (+fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
- Amir Temur xotirasiga yuksak ehtirom koʻrsatildi
- Telegram bir sutka ichida 100 mingdan ortiq kanal va guruhlarni blokladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring