Fargʻonalik nuroniylar «Fargʻona – Buxoro – Qoraqalpogʻiston» yoʻnalishi boʻylab velosayohatga chiqishdi

17:22 25 Aprel 2024 Sport
763 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Botir MADIYOROV/ «Xalq soʻzi». Fargʻonalik faxriy sportchilar yana bir ezgu tashabbus boʻyicha «Fargʻona – Buxoro – Qoraqalpogʻiston» yoʻnalishi boʻylab velosayohatga yoʻl olishdi.

Fargʻona shahrida joylashgan «Samo» sport majmuasida viloyat hokimligi, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida velomarafonga tantanali ravishda start berildi.

— Bugun velomarafonga otlangan 36 nafar faxriy sportchilar maxsus kiyimlar, kerakli jihozlar bilan taʼminlandi, — deydi Fargʻona viloyati sport boshqarmasi boshligʻi Nodirbek Hakimov. — Shuningdek, safar bilan bogʻliq zaruriy xarajatlarga yordam koʻrsatildi.

Velomarafon Sport vazirligining joriy yil 7-mart kungi «Hududlarda ommaviy velosiped paradlari hamda safarlarini tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida»gi buyrugʻi ijrosi doirasida tashkil etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер