Fargʻonalik hamshiralar Germaniyaga ishga joʻnatilishi rejalashtirilmoqda
Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Shveysariyaning Globogate Concept AG tashkiloti biznesni rivojlantirish direktori Yoxannes Meyerni qabul qildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Muloqotda fargʻonalik hamshiralarni Germaniyaga ishga jalb etish va viloyatda tibbiyot kollejini ochish masalalari muhokama qilindi. Globogate Concept AG tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan hamkorlikda Germaniyaga hamshiralarni ishga jalb etib keladi.
500 nafar hamshirani Germaniyaga ishga taklif etish uchun Fargʻonada nemis tili kurslarini tashkil etish zarurligini qayd etgan Yoxannes Meyer, 10 oy davomida nemis tili kurslari bepul oʻrgatilishi hamda ushbu kurslarda qatnashgan hamshiralar Germaniyaga ishga joʻnatilishini maʼlum qildi.
Shuningdek, kompaniya nemis standarti asosida Fargʻonada oʻrta tibbiyot boʻgʻini kadrlarini tayyorlash loyihasini amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Dastlab Germaniya tajribasi asosida hamshiralar tayyorlash koʻzda tutilmoqda.
Viloyat hokimi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda Margʻilon shahridagi Ibn Sino tibbiyot texnikumida oʻquv muassasasini tashkil etish mumkinligini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Berlinda Navroʻz: Yangi Oʻzbekiston madaniyatining jahon sahnasidagi munosib taqdimoti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring