Fargʻonadan yoʻlga chiqqan velomarafonchilar Samarqand viloyatiga kirib kelishdi

23:02 03 Aprel 2021 Sport
1222 0

Xabar berganimizdek, shu yil 31-mart kuni fargʻonalik 27 nafar otaxon velosipedda koʻhna va hamisha navqiron Samarqand shahriga qarab yoʻlga chiqishgan edi.

Ular Qamchiq dovoni orqali oʻtib Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarini bosib oʻtishgan holda kecha kunning ikkinchi yarmida Samarqand viloyatiga kirib kelishdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash, qolaversa mamlakatimiz aholisi, ayniqsa yoshlar orasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish hamda jismoniy madaniyatni shakllantirish maqsadida fargʻonalik otaxonlar qariyb 800 kilometrlik masofani velosipedlarda bosib oʻtishga qaror qilishdi.

Kecha ertalab Jizzax shahridan yoʻlga chiqqan otaxonlarni Samarqand viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshligʻi Shuhrat Roʻziyev viloyatga kiraverishda kutib oldi. Velomarafonchi otaxonlar Samarqand shahrining tarixiy qadamjolarini ziyorat qilishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?