Fargʻonadagi sexda 6 mlrd soʻmlik gazdan noqonuniy foydalanildi
Foto: Bosh prokuratura
Fargʻona viloyatidagi mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish sexida 6 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, yoqilgʻi-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bogʻliq holatlarni fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda.
Xususan, Fargʻona viloyatining Qoʻqon shahridagi “X.F” MChJga qarashli mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish sexida tabiiy gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib, undan noqonuniy ravishda foydalanib kelinayotgani maʼlum boʻlgan.
Mutaxassislarning dastlabki xulosalariga koʻra, jamiyat tomonidan 6 mlrd soʻmlik (2,1 mln kub metr) tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring