Fargʻonadagi davlat bogʻchalarida bolalar ommaviy zaharlandi
Illyustrativ foto
Fargʻona shahridagi davlat bogʻchalarida bolalarning ommaviy zaharlanishi yuz berdi. Viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi holat yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi.
Maʼlum qilinishicha, Fargʻona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 21-fevral kuni soat 19:00 dan boshlab Fargʻona shahar hududida joylashgan 2-sonli, 58-sonli va 61-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari tana haroratini koʻtarilishi, qorinda ogʻriq, holsizlik, koʻngil aynishi, ich oʻtishi belgilari bilan murojaat bilan kelgan.
Aniqlanishicha, bemorlarda qorin sohasida ogʻriq, ich ketishi, tana harorati koʻtarilishi, koʻngil aynishi kabi sogʻligʻida salbiy holatlar kuzatilgan. Shifoxonada davolovchi vrachlar tomonidan bemorlar tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, “Oʻtkir diareya kasalligi, alimentar etiologiyali” tashxisi bilan diareya boʻlimiga yotqizilgan.
“Hozirda boʻlimda 62 nafar bemor statsionar davolanayotgan boʻlib, holati yaxshi”, deyiladi rasmiy munosabatda.
Bildirilishicha, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi mutaxassislari bogʻchalarning oshxonalarida va ovqat yetkazib beruvchi korxonada tekshiruvlar oʻtkazib, bolalar isteʼmol qilgan taomlardan laboratoriya namunalari olib tekshirmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring