Fargʻonada jamoat transporti uchun yoʻl haqi 3000 soʻm boʻldi
Foto: Transport vazirligi
Fargʻona viloyati hokimi Xayrulla Bozorovning qarori bilan viloyatdagi jamoat transportidan foydalanganlik uchun bir martalik toʻlov 3000 soʻm etib belgilandi.
Unga koʻra, Fargʻona viloyatining shaharlarida, shahar yoʻlovchilar transportida yoʻlovchilar va bagaj tashish xizmatlarining cheklangan tarifi quyidagicha belgilandi.
- avtobuslarda bir nafar yoʻlovchi uchun yoʻl haqi — 3000 soʻm;
- jamoat transportida elektron shaklda toʻlangan toʻlov (transport kartasi, ATTO, bank kartalari) bir nafar yoʻlovchi uchun bir martalik ragʻbatlantiruvchi yoʻl haqi tarifi — 2400 soʻm;
- yoʻnalishli taksi (mikroavtobus)larda bir nafar yoʻlovchi uchun — 4000 (toʻrt ming) soʻm.
Qayd etilishicha, ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi. Uning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosari X.Isaqov va viloyat Transport boshqarmasi boshligʻi B.Safarov zimmasiga yuklatilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring