Fargʻonada toʻy kortejida soxta pul sochgan yigit qamaldi
Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda bir yigit avtomobil lyukidan tanasini chiqarib, pul sochgani tasvirlangan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Fargʻona viloyat IIB munosabat bildirdi. https://t.me/fviib_uz/18414
Qayd etilishicha, holat Fargʻona viloyati Beshariq tumanida sodir boʻlgan boʻlib, voqea yuzasidan toʻplangan hujjatlar Jinoyat ishlari boʻyicha Beshariq tumani sudida koʻrib chiqilgan.
Manbaga koʻra, sud hukmi bilan pul sochgan yigit Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasida (mayda bezorilik) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilgan. Unga nisbatan 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.
Sud davomida ayblanuvchi qilgan ishidan pushaymon ekanligini bildirgan.
“Akamning toʻyida kortejda lyukdan chiqib pul sochgandim. Xatti-harakatim notoʻgʻriligini tushuntirishdi. Qilgan ishimdan qattiq pushaymonman. Tengdoshlarimga ham tavsiya qilmayman”, degan u.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring