Fargʻonada togʻ orasidagi dara yoʻlda “Captiva” agʻdarilib ketdi. Qurbon bor
Fargʻona tumanida togʻ orasidagi darada sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi oqibatida haydovchi halok boʻldi. Bu haqda viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea kecha, 19-yanvar kuni soat 21:00 larda Fargʻona tumani “Yordon” MFY hududidagi togʻ orasidagi transport vositalari harakatlanishiga moʻljallanmagan kichik dara yoʻlida yuz bergan. 1981-yilda tugʻilgan haydovchi A.A. “Captiva” mashinasida yoʻl qor va sirpanchiq boʻlgani sababli boshqaruvni yoʻqotib agʻdarilib ketgan.
Hodisa oqibatida A.A. bosh miya yopiq shikastlanishi, koma holati bilan shifoxonaga yuborilgan. Koʻrsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan u hayotdan koʻz yumgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Navoiy viloyati Tomdi tumanida “Zhong Tong Bus” rusumli yoʻlovchi avtobusi agʻdarilib ketishi oqibatida ikki nafar fuqaro jabrlangani xabar qilingan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring