Fargʻonada tailandlik tadbirkorlar ishtirokida biznes-forum boʻlib oʻtdi
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Fargʻona shahridagi Islom Karimov nomidagi viloyat teatr-konsert saroyida Fargʻona viloyati hamda Tailand tadbirkorlari ishtirokida biznes-forum oʻtkazildi.
Tailand qirolligi tashqi ishlar vazirligining Janubiy Osiyo, Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlari departamenti direktori Psusist Vongsuravat boshchiligidagi Tailand delegatsiyasida tibbiyot, turizm, savdo, transport va logistika, energetika sohalarida faoliyat olib borayotgan 7 ta yirik kompaniyaning 20 ga yaqin vakillari bor.
— Ayni paytda viloyatda Tailand investitsiyasi ishtirokida 4 ta korxona tashkil etilgan, — deydi Savdo-sanoat palatasi Fargʻona viloyati boshqarmasi boshligʻi Azimjon Yuldashev. — Xususan, Tailandning “Royal Thai Group” kompaniyasi soʻnggi yillarda toʻqimachilik sanoati va turizm sohasiga 28,5 million dollar miqdorida investitsiya kiritdi.
Yuzma-yuz muloqotda investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada faollashtirish, madaniyat, turizm yoʻnalishlari boʻyicha hamkorlikni faollashtirish boʻyicha kelishuvlarga erishildi. Ikki yurt tadbirkorlari oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish borasida muzokaralar olib borildi.
Shuningdek, biznes-forum doirasida mahalliy mahsulotlar koʻrgazmasi hamda Fargʻona viloyatining sanoat, tadbirkorlik, investitsiya, qishloq xoʻjaligi kabi muhim tarmoqlari salohiyatini aks ettiruvchi taqdimotlar ham boʻlib oʻtdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring