Fargʻonada soliq inspeksiyasi xodimi 20 ming dollar bilan ushlandi
Soliq inspeksiyasi xodimining noqonuniy harakati fosh etildi. Bu haqida “Xavfsizlik” Telegram-kanali xabar berdi.
Unda aytilishicha, Fargʻona viloyati Fargʻona tumani soliq inspeksiyasining bosh inspektori yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari imkoniyati orqali, mazkur tuman hokimligi zaxirasida boʻlgan va qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan 10 gektar yer maydonini namanganlik tadbirkorga kelgusida sayyohlik maskani tashkil etishi uchun ajratib berishni vaʼda qilgan.
Qonunbuzar shaxs mazkur xizmati evaziga 95 ming AQSH dollari hamda yer maydoni toifasini oʻzgartirib berish evaziga 6 ming AQSH dollari (jami 101 ming AQSH dollari) talab qilgan.
Shundan soʻng, Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligining Namangan viloyati boʻyicha boshqarmalari xodimlari hamkorligida Yangi Namangan tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, bosh inspektor oldindan 20 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Hozirda ushbu shaxsga nisbatan Namangan viloyati prokuraturasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Sohibqironning bolalik va oʻsmirlik davrlariga bagʻishlangan “Temurbek” nomli tarixiy qissa taqdimot qilindi (+fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
- Amir Temur xotirasiga yuksak ehtirom koʻrsatildi
- Telegram bir sutka ichida 100 mingdan ortiq kanal va guruhlarni blokladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring