Fargʻonada soliq boshqarmasi xodimi 30 ming AQSH dollari bilan ushlandi
Soliq idorasi xodimiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Bu haqida “Xavfsizlik” Telegram-kanali xabar berdi.
Unda aytilishicha, Fargʻona viloyati Davlat soliq boshqarmasining tadbirkorlikni qoʻllab quvvatlash – xizmat koʻrsatish boʻlimi katta inspektori oʻz ukasiga 2023-yilda Fargʻona tumani hududidan elektron auksion orqali 30-yil muddatga ijara asosida berilgan, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan 48 sotix yer maydonini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 30 ming AQSH dollari talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida soliq idorasi xodimi ushbu pul mablagʻini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.
Hozirda ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring