Fargʻonada “Retro avtomobillar” koʻrgazmasi tashkil etildi

17:40 02 Oktyabr 2023 Jamiyat
248 0

Respublika iqtisodiyotida turizmni strategik darajaga koʻtarish, ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilish va hajmini keskin koʻpaytirish maqsadida bir qator loyilar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Fargʻona viloyatida Oʻzbekiston avto-moto turizm assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda viloyatda oʻtkazilayotgan “Drift shou” tadbirlari doirasida Toshloq tumanida “Retro avtomobillar” koʻrgazmasi oʻtkazildi.

Koʻrgazmada 200 ga yaqin retro avtomobillar namoyish etilib, belgilangan hududda mashinalar ishtirokida maxsus “parad” tashkil etildi. Tadbirda viloyat va tuman hokimligi rasmiylari, minglab avtomobil ishqibozlari hamda OAV vakillari qatnashishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?