Farg‘onada qish mavsumida ko‘mir tanqisligi bo‘lmaydimi?
Foto: “Xalq so‘zi”
Yurtimizda har yili qish mavsumi oldidan tayyorgarlik jarayonida aholi va ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy va suyultirilgan gaz, elektr energiyasi, ko‘mir yoqilg‘isi taʼminlash masalalariga ustuvor eʼtibor qaratiladi.
Xuddi shunday, ayni paytda “Ko‘mir taʼminot” MCHJ Farg‘ona filiali tomonidan 8 ta – Beshariq, Furqat, Qaqir, Buvayda, Bag‘dod, Oltiariq, Marg‘ilon va Quva ko‘mir omborlari orqali aholiga hamda ijtimoiy tashkilotlarga ko‘mir va briket mahsulotlari yetkazib berilmoqda.
-Bu mavsum uchun viloyat aholisiga 186 ming tonna ko‘mir va briket yoqilg‘isi yetkazib berilishi rejalashtirilgan, - deydi “Ko‘mir taʼminot” MCHJ Farg‘ona filiali mutaxassisi Zuhriddin To‘raqulov. – Uning 115 ming tonnasi Angren ko‘mir mahsuloti bo‘lsa, 71 ming tonnasi chetdan olib kelinadi.
Hozirgi kunga qadar Angrendan 85 ming tonna, xorijdan 74 ming tonna ko‘mir mahsuloti olib kelinishiga erishildi. Viloyatdagi ijtimoiy soha obyektlariga 68 ming 562 tonna mahsulot yetkazib berilib, xalq taʼlimi, maktabgacha taʼlim, kasb-hunar taʼlimi, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport muassasalari belgilangan reja asosida to‘liq taʼminlandi. Shuningdek, filial tomonidan viloyatning chegara va tog‘li hududlari taʼminoti uchun alohida zaxira yaratildi.
Viloyatning anklav hududida joylashgan So‘x tumani, Farg‘ona tumanining Shohimardon va Yordon, Rishton tumaniga qarashli Cho‘ng‘ara qishloqlariga ko‘mirni o‘z vaqtida yetkazib berish maqsadida maxsus avtotransport korxonalari bilan shartnoma imzolangan. Bu hududlarga ko‘mir yetkazib berishning transport xarajatlari davlat byudjeti hisobidan qoplanadi. Hozirgi kunga qadar viloyatning anklav hududlariga 3 ming tonnadan ortiq ko‘mir yetkazib berildi.
2021-2022 yillar kuz-qish mavsumida viloyatdagi ijtimoiy soha muassasalarini uzluksiz ravishda ko‘mir bilan taʼminlash uchun har bir soha kesimida talab va ehtiyoj alohida o‘rganib chiqildi. Natijada mahsulot yetkazib berish uchun yangi shartnomalar imzolanib, 17,9 ming tonna qo‘shimcha zaxira yaratildi.
Shu kunlarda belgilangan reja-jadvali bo‘yicha viloyatdagi har bir mahalla ehtiyojidan kelib chiqib, imtiyozli narxda – kilosi 310 so‘mdan bo‘lgan ko‘mir yetkazib berilmoqda.
Botir Madiyorov, "Xalq so‘zi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring