Fargʻonada oʻgʻri qarovsiz qolgan “Damas”ni toʻnab ketdi

11:53 08 Noyabr 2021 Jamiyat
1423 0

Fargʻona viloyatida “Damas” rusumli avtomashinadan pul va radar detektorini oʻgʻirlagan oʻgʻri qoʻlga olindi, deb xabar berdi viloyat IIB matbuot xizmati.

Maʼlumotlarga koʻra, voqea 6-iyul kuni dehqon bozorlaridan biriga yaqin joyda sodir boʻlgan. Avtomobil egasi uni qarovsiz qoldirgan va qaytib kelganida 200 ming soʻm pul va antiradar yoʻqolganini aniqlagan.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari jinoyatchini qoʻlga oldi. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (Oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?