Fargʻonada mashinasining yonilgʻi bakiga narkotik yashirgan shaxs ushlandi
Videodan kadr
Fargʻonada avtomashinaning yoqilgʻi bakida 11 kilogrammdan ziyod narkotik moddalarni yashirincha olib kirishga urinish fosh etildi. Bu haqda Bojxona qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Fargʻona viloyati bojxona boshqarmasi “Ravot” chegara bojxona postida qoʻshni davlatdan kirib kelgan fuqaro boshqaruvidagi “Lacetti” avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona koʻrigidan oʻtkazilgan.
Bojxona nazoratining texnik vositalari koʻmagida oʻtkazilgan koʻrik davomida avtomashinaning yoqilgʻi bakiga shubhali jismlar yashirilganligi aniqlangan. Shundan soʻng belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ushbu bak ochib koʻrilganida, uning ichiga 6945 dona “Royal” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari hamda 3 turdagi giyohvandlik vositalari yashirilgani maʼlum boʻlgan.

Jumladan, 10 kg 739 gr “gashish”, 412 gr “marixuana” va 35 gr “opiy” — jami 11 kg 186 grammga teng giyohvandlik vositalari huquqbuzardan ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilgan.
Surishtiruvlar davomida aniqlanishicha, haydovchi tojikistonlik shaxsning buyurtmasiga binoan 2 ming AQSH dollari evaziga mazkur giyohvandlik vositalarini bojxona chegaralaridan olib oʻtishi va oʻz uyidagi bogʻga koʻmib qoʻyishi, keyinchalik tojikistonlik shaxsning oʻzi ushbu narkotik moddalarni olib ketishi rejalashtirilgan boʻlgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 246-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring