Fargʻonada maʼnaviyat festivallari boʻlib oʻtmoqda
Foto: «Xalq soʻzi»
Fargʻona viloyatida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan “Xalq Konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari” shiori ostida Maʼnaviyat festivallari oʻtkazilmoqda.
Unda poytaxtdan kelgan taniqli olimlar, shoir va yozuvchilar, sanʼatkorlar hamda “Maʼrifat” targʻibotchilari jamiyati aʼzolari ishtirok etmoqdalar.
Maʼlumki, shu yilning 30-aprel kuni mamlakatimizda muhim siyosiy tadbir — “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining referendumi oʻtkaziladi. Bu katta tarixiy voqeaga Fargʻona viloyatida ham taraddud koʻrilmoqda. Ayni jarayonda aholining barcha qatlamlari ishtirokida shahar-tumanlarda targʻibot tadbirlari tashkil etilib, yangilanayotgan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati tushuntirilyapti.
Maʼnaviyat festivali dastlab Quvasoy va Margʻilon shaharlaridan boshlandi. Quvasoy shahridagi “Doʻstlik” MFYda joylashgan madaniyat markazida boʻlib oʻtgan tadbirda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Minhojiddin Mirzo, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzosi Jamila Shermuhammedova va boshqalar yangilanayotgan Konstitutsiya jamiyatimizning yangi taraqqiyot ehtiyojlaridan kelib chiqqan hayotiy zarurat ekanligini taʼkidladilar. Samimiy muloqot tarzida oʻtkazilgan bayram tadbirida bosh qomusimizga kiritilayotgan muhim oʻzgarishlar xususida toʻliq maʼlumot berildi.
Maʼnaviyat festivali davomida quvasoyliklar 30-aprel kungi referendumda faol ishtirok etishlarini izhor etishdi. Sanʼatkorlarning diltortar qoʻshiqlari tadbir ishtirokchilariga koʻtarinki kayfiyat baxsh etdi.
— Bugun bayramona kayfiyatda miriqib hordiq chiqarish bilan birga, bosh qomusimizga kiritilayotgan yangilik va oʻzgarishlar borasida ham bilimlarimiz mustahkamlandi, — deydi Oʻgʻiloy Karimova. — Shu bois, oʻz hayotimiz, taqdirimiz va kelajagimizga befarq boʻlmagan holda referendumda faol ishtirok etamiz.
Ayni kunlarda Fargʻona viloyati boʻylab Maʼnaviyat festivallari davom etmoqda.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring