Fargʻonada “Malibu-2” kanalga tushib ketdi
Foto: FVV
“Katta Fargʻona” tushib ketgan avtomashina qutqaruvchilar tomonidan chiqarib olindi, deb xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati.
Qayd etilishicha, kecha, 29-iyun kuni soat 15:40 larda Fargʻona viloyati Rishton tumani “Zohidon” MFY hududidan oqib oʻtuvchi “Katta Fargʻona” kanaliga “Malibu-2” rusumli avtomobil haydovchining ehtiyotsizligi oqibatida tushib ketgan.
Holat yuzasidan tuman FVBga xabar kelib tushgach, zudlik bilan aytilgan manzilga FVV qutqaruvchilari yetib borgan. Ular maxsus asbob-anjomlar va Favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimiga kiruvchi tashkilotlar texnikalarini jalb qilgan holda avtomobilni kanaldan olib chiqqan.
Avtomobilda haydovchining oʻzi boʻlgan, unga hech qanday tan jarohati yetmagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring