Fargʻonada davlat aktivlari va yer maydonlarini sotish boʻyicha roud-shou taqdimotlari boʻlib oʻtmoqda
Foto: Халқ сўзи
Fargʻona viloyatida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan xususiylashtirilishi belgilangan davlat aktivlari, korxonalardagi davlat ulushlari, boʻsh turgan davlat mulki obyektlari va yer maydonlari boʻyicha tadbirkorlar hamda sarmoyadorlar uchun roud-shou taqdimot marosimi oʻtkazildi.

Mahalliy hokimliklar, viloyatdagi yirik korxonalar vakillari hamda yuzdan ortiq tadbirkor va sarmoyadorlar qatnashgan tadbirda agentlik mutasaddilari tomonidan “E-auksion” elektron savdo platformasidan foydalanish boʻyicha “master-klass” tashkil etildi. Platformada shaxsiy kabinet ochish, onlayn elektron imzo olish va savdolarda ishtirok etish uchun arizalar berish tartibi tushuntirildi.

Tadbir ishtirokchilariga xususiylashtirish dasturlariga koʻra, ommaviy savdolarda sotilishi belgilangan hamda savdo jarayonidagi 140 dan ortiq davlat aktivlari, xususan, viloyatdagi yirik aktivlar, «Fargʻonaazot» AJ, “Qoʻqon biokimyo” AJ hamda “Qoʻqon mexanika zavodi” AJlardagi davlat ulushi, 30 ta dam olish maskanlari, 26 ta maʼmuriy, 48 ta ishlab chiqarish binolari kabi obyektlar va umumiy maydoni 65 gektar boʻlgan 2 mingdan ortiq yer uchastkalari haqida batafsil maʼlumot berildi.
Shu mazmundagi taqdimot va uchrashuvlar 25-mayga qadar viloyatning barcha shahar va tumanlarida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring