Fargʻonada bahaybat daraxt qulab, “Nexia-2”ni bosib qoldi
Foto: Fargʻona viloyati YHXB
Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida avtomobil ustiga daraxt agʻdarilib tushdi. Bu haqda viloyat IIB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 6-noyabr kuni Qoʻqon shahar “Sarboz” koʻchasida sodir boʻlgan. Yomgʻir yogʻishi va shamol sababli chinor daraxti shu koʻchada toʻxtab turgan “Nexia-2” avtomobili ustiga qulab tushgan. Bu vaqtda avtomobilda haydovchi va yoʻlovchi boʻlmagani sababli hech kim tan jarohati olmagan.
Hodisa joyiga FVV qutqaruvchilari, YPX hamda boshqa tegishli tashkilotlar xodimlari yetib borib, vaziyat oqibatlarini bartaraf etgan.
Eslatib oʻtamiz, aynan 6-noyabr kuni Qashqadaryo viloyatida “Cobalt” rusumli mashinani harsang bosib qolib, 3 kishi voqea joyida halok boʻlgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring