Fargʻonada 850 milliard soʻmlik qurilish loyihalari amalga oshirildi
Oʻtgan yili Fargʻona viloyatida 10,1 mingdan ortiq xonadonli 221 ta koʻp qavatli uylar qurilib, foydalanishga topshirildi. Qurilish-bunyodkorlik ishlarining izchil rivojlanishi natijasida keyingi sakkiz yil davomida viloyatda qariyb 31 ming xonadondan iborat zamonaviy uy-joylar oʻz egalariga topshirildi. Shuningdek, 2024-yilda Renovatsiya dasturi doirasida 1 ming 262 ta oila yangi koʻp qavatli uylarga koʻchib oʻtdi.
Investitsiya dasturi doirasida esa viloyatdagi 114 ta ijtimoiy soha obyektida qariyb 850 milliard soʻmlik qurilish va taʼmirlash ishlari amalga oshirildi.
— Ayni paytda zamonaviy shaharsozlik meʼmorchiligi anʼanalari hamda yangicha yondashuvlar asosida 8 ta hududda “Yangi Oʻzbekiston” massivlari qurilishi davom etmoqda, — deydi Fargʻona viloyati qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi boshligʻi Bekzod Rahimov. — Shu bilan birga, shahar va shaharchalarni tizimli rivojlantirish maqsadida hozirga qadar viloyatdagi 29 ta aholi yashash manzilining bosh rejasi ishlab chiqildi.

Jumladan, 9 ta shahar va 20 ta shaharchaning bosh rejasi tasdiqlanib, amaliyotga joriy etildi. Ayni paytda ushbu hududlarda aholi uchun qulay, zamonaviy yashash muhitini yaratish boʻyicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
Kuni kecha Fargʻona viloyatida qurilish-bunyodkorlik sohasi xodimlarining oʻtgan yil sarhisobiga bagʻishlangan yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda yil davomida amalga oshirilgan ishlar, joriy etilgan yangi innovatsiyalar va erishilgan yutuqlar eʼtirof etildi. Shu bilan birga, mavjud kamchilik va muammolar tanqidiy tahlil qilinib, joriy yilda amalga oshirilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Tantanali tadbirda 20 dan ortiq nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblar aniqlanib, ular munosib ragʻbatlantirildi.
Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Oʻzbekistonga nechta davlatdan turistlar kelayotgani ochiqlandi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring