Farg‘onada 245 million so‘mlik pirotexnika vositalari va televizorlarning noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi

13:53 18 Noyabr 2021 Jamiyat
727 0

Foto: “Xalq so‘zi”

Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan Milliy gvardiya bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tezkor tadbir davomida “Bag‘dod-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan I.F. boshqaruvidagi “ISUZU” rusumli avtomashina kuzatuvga olinib, Bag‘dod tumani hududida to‘xtatildi va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Natijada avtomashina yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan dastlabki qiymati 139 million so‘mlik 3 turdagi 376 000 dona pirotexnika vositalari, 65,7 million so‘mlik 41 dona televizorlar borligi aniqlandi.

Shundan so‘ng tadbir davom ettirilib, ushbu mahsulotlarni yuklagan fuqaro B. I. ning Bag‘dod tumanidagi uyidan 40,8 million so‘mlik 3 turdagi  24 dona televizorlar daliliy ashyo tariqasida olindi.

Tadbir davomida umumiy qiymati 245,5 million so‘mlik 376 ming dona pirotexnika vositalari hamda 65 dona televizorlar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirildi.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

 Botir Madiyorov, “Xalq so‘zi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?