Fargʻonada 2 yoshli bolani mashina yukxonasiga joylagan erkak ustidan tergov boshlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda 2 yoshli bolani avtomashina yukxonasiga joylangani tasvirlangan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani izoh berdi.
Maʼlum boʻlishicha, 1980-yilda tugʻilgan Fargʻona shahar, Yormazor MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro A.O. 2024-yil yoz oylarida opasining 2023-yilda tugʻilgan farzandi I.M.ni hazil tariqasida avtomashinaga yukxonasiga solgan va ustidan yopgan. U bu harakatini videoga olib, ijtimoiy tarmoqqa joylagan.
Ushbu holat yuzasidan hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. A.O.ga tegishli boʻlgan avtomashina hozirda Fargʻona shahar IIBga joylashtirildi.
“Bu kabi oʻylovsiz, masʼuliyatsiz harakatlar oqibatida bolaning jismoniy va ruhiy sogʻligʻiga jiddiy zarar yetadi. Bola kimningdir beʼmani hazillari yoki ijtimoiy tarmoqda reyting toʻplash vositasi emas!”, deyiladi xabarda.
Taʼkidlash joiz, har bir voyaga yetmagan bolaning huquq va erkinliklari qonun himoyasida, uning huquqlarini buzish qonunan javobgarlikka asos boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Kadastr pasportlarini berish muddatlari oʻzgartirildi
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- “Gʻalaba bogʻi”da mudofaa innovatsion texnologiyalari festivali oʻtkazildi—Fotoreportaj
- Prezident Makkada boʻlib turgan muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazar bilan telefonlashdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring