Fargʻonada 1,3 milliard soʻmlik pirotexnika vositalari savdosining oldi olindi
Fargʻona viloyatida yirik miqdordagi pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi. Bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi xabar berdi.
Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida oldindan kuzatuvga olingan shaxs boshqaruvidagi yuk avtotransport vositasi belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilgan.
Maʼlum boʻlishicha, avtomobilning yukxonasida 2 turdagi 2 million 324 ming dona salyut va petardalar ortilgani fosh boʻlgan.
Shuningdek mazkur yuk avtotransport vositasi kelib toʻxtagan xonadon ham koʻzdan kechirilganida, ushbu manzilda ham 2 turdagi 3 million 485 ming donadan ziyod salyut va petardalar borligi aniqlangan.
Huquqbuzarlardan olib qoʻyilgan, muqaddam noqonuniy yoʻllar bilan olib kirilgan va sifati kafolatlanmagan piroxtenika vositalarining umumiy miqdori 5,8 million donadan oshgan.
Hozirda vaqtincha saqlovga topshirilgan mazkur pirotexnika vositalarining umumiy qiymati dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, salkam 1,3 milliard soʻmni tashkil qilgan.
Ayni vaqtda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring