Fargʻona viloyatida adabiyot kunlari oʻtkazilmoqda
Foto: “Xalq soʻzi”
Viloyat hokimining farmoyishi asosida shu kunlarda hudud boʻylab Adabiyot bayrami tadbirlari boʻlib oʻtmoqda.
Shu munosabat bilan poytaxtdan tashrif buyurgan taniqli shoir va yozuvchilar, adabiyotshunos olimlardan iborat mehmonlar Qoʻqon shahridagi temir yoʻl bekatida tantanali kutib olindi.

Adabiyot bayramlari doirasida Qoʻqon shahar musiqali drama teatrida oʻzbek adabiyoti namoyandalari Zavqiy, Husayn Shams, Amin Umariy xotirasiga bagʻishlangan hamda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, taniqli ijodkor Kommuna Olimova tavalludiga 90 yil toʻlishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbir oʻtkazildi.

— Shuningdek, shu kunlarda viloyatdagi bir qator mashhur ijodkorlar, xususan, Ismoil Mahmud tavalludining 75 yilligi, Alisher Ibodinov va Aʼzam Ismoilning 70 yilligi, Said Anvarning 60 yilligi keng nishonlanadi,—deydi Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Fargʻona viloyati boʻlimi rahbari Dilshoda Ergasheva. —Oʻz navbatida tadbirlar rejasiga koʻra, joylarda adabiy muloqotlar, mushoiralar, yosh ijodkorlar bilan yuzma – yuz uchrashuvlar ham tashkil etiladi.
Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring