Fargʻona tumanida noqonuniy pirotexnika vositalari aniqlandi
Fargʻona tumani Ichki ishlar boʻlimi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar davomida noqonuniy pirotexnika vositalarining muomalada boʻlishiga chek qoʻyildi. Bu haqida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbirlar jarayonida Fargʻona tumani Boʻston mahalla fuqarolar yigʻini hududida yashovchi fuqarodan xolislar ishtirokida qator pirotexnika mahsulotlari qonuniy tartibda musodara qilinib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Xususan, fuqarodan:
- “Strana chudes” nomli 100 talik pirotexnika vositasidan 1 dona (qiymati 15 million soʻm),
- “Pirov” nomli pirotexnika vositasidan 4 dona (6 million soʻm),
- “7 Shots” nomli pirotexnika vositasidan 6 dona (3 million soʻm),
- “Britanik” nomli pirotexnika vositasidan 4 400 dona (1 million 600 ming soʻm) rasmiylashtirib olingan.
Maʼlum qilinishicha, musodara qilingan pirotexnika vositalarining jami qiymati 25 million 600 ming soʻmni tashkil etgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring