Fargʻona YHXB boshligʻi lavozimidan ozod etildi

15:58 06 Iyul 2025 Jamiyat
272 0

Ichki ishlar vazirining tegishli buyrugʻi bilan Fargʻona viloyati IIB JXX Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi boshligʻi podpolkovnik Akmal Ahmedov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati matbuot kotibi Zoyir Yoʻldoshev maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, podpolkovnik Akmal Ahmedov yaqin qarindoshiga tegishli boʻlgan, davlat raqami 40 081 SBA boʻlgan “Malibu-2” mashinasida sodir etilgan qoidabuzarliklarni qonunga zid ravishda yashirishga uringani fosh etilgan. Avtomashinaga belgilangan jarimalar davlat foydasiga toʻliq undirilgan.

Hozirda mazkur qonunbuzarlikka toʻliq huquqiy baho berish uchun qoʻshimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Aytish joiz, bir necha kun avval ijtimoiy tarmoqlarda Fargʻona viloyatida davlat raqami 40 081 SBA boʻlgan “Malibu-2” mashinasi 106-marta qoida buzgani, mazkur qoidabuzarliklar “oxirgi zarurat holatida qoida buzgan” deb topilgan holda bekor qilingani haqida xabarlar tarqalib, keng jamoatchilik muhokamasiga sabab boʻlgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер