Faoliyatida sustkashlikka yoʻl qoʻygani uchun ayrim shahar va tuman hokimlariga hayfsan berish, ularning qurilish boʻyicha oʻrinbosarlarini lavozimidan ozod etishga koʻrsatma berildi
Prezident raisligida xizmatlar sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, yil yakuniga qadar rejalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilishda tadbirkorlar xizmatlar sohasida asosan 3 ta masala – yer, bino va infratuzilma bilan bogʻliq muammolarga duch kelayotgani koʻrsatib oʻtildi.
Soʻnggi ikki oyda 23 mingdan ziyod yer maydonlari savdoga chiqarildi, shundan 12 mingtasi yoki 60 foizi xizmat koʻrsatish joylarini tashkil etish uchun qoʻyilgan.
Bunda, 63 ta tuman va shaharda auksionga qoʻyilgan yer uchastkalarining soni 100 tadan koʻp boʻlsa, 27 ta tumanda 10 taga ham yetmaydi.
Misol uchun, Navoiy, Shahrisabz, Qoʻqon, Xiva, Urganch shaharlari, Toshkent, Boʻstonliq, Bekobod, Kitob, Uzun tumanlarida savdoga qoʻyilgan yerlar soni 10 tadan oshmaydi.
Shu bois, faoliyatida sustkashlikka yoʻl qoʻygani uchun Navoiy, Shahrisabz, Qoʻqon shaharlari, Toshkent, Boʻstonliq, Bekobod, Kitob, Uzun tumanlari hokimlariga nisbatan oxirgi marotaba hayfsan berish, ushbu tuman va shahar hokimlarining qurilish boʻyicha oʻrinbosarlarini lavozimidan ozod etishga koʻrsatma berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
- Prezident poytaxtda transport tizimini yangilashga doir muhim qarorni imzoladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring