FAO TIQXMMI – Milliy tadqiqot universitetiga zamonaviy tuproq tahlil uskunasi taqdim etdi

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti – Milliy tadqiqot universitetiga (TIQXMMI–MTU) zamonaviy EM38-MK2 Ground Conductivity Meter uskunasi taqdim etdi.
Qurilma Orolboʻyi mintaqasidagi ekologik muammolarni bartaraf etishga qaratilgan FAO va BMTTDning qoʻshma loyihasi doirasida universitetga yetkazib berildi.
FAOning maʼlum qilishicha, mazkur texnologiya yer va suv resurslarining sifatini toʻgʻridan-toʻgʻri tuproqqa tegmasdan, 1,5 metr chuqurlikkacha tez va aniq baholash imkonini beradi. Bu orqali tuproqdagi shoʻrlanish, namlik darajasi va yer osti tuzilmalari haqida ishonchli maʼlumot olish mumkin boʻladi.
“Ushbu zamonaviy uskuna orqali tuproqning elektr oʻtkazuvchanligi va magnit sezuvchanligini aniqlash, suv resurslaridan samarali foydalanish va ekologik tiklash choralarini ilmiy asosda rejalashtirish mumkin boʻladi”, — dedi loyiha milliy koordinatori Abdumalik Namozov.
EM38-MK2 — qishloq xoʻjaligi yerlarini tahlil qilish, umumiy tuproqshunoslik va boshqa ilmiy tadqiqotlarda foydalanilishi mumkin boʻlgan ilgʻor texnologiya hisoblanadi. Qurilma nafaqat laboratoriya, balki dala sharoitida ham tadqiqotlar oʻtkazish imkonini beradi.
Loyiha doirasidagi hamkorlik TIQXMMI–MTUning ilmiy tadqiqot va amaliy faoliyatini kuchaytirishga xizmat qiladi. Uskuna yordamida olingan natijalar Orolboʻyi mintaqasidagi ekologik barqarorlikni taʼminlash, shoʻrlanish va degradatsiyaga qarshi samarali yechimlarni ishlab chiqishda qoʻl keladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring