Falak toqiga yuksalgan alloma

14:35 04 Noyabr 2024 Jamiyat
221 0

“Xalq soʻzi”. Oʻzbekiston Respublikasi IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi tashabbusi bilan “Dunyo tamaddunida Mirzo Ulugʻbekning oʻrni” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Davra suhbatini boshqarma boʻlim boshligʻi podpolkovnik Ahror Vasliyev boshlab berdi.

— Ulugʻbek barpo etgan Samarqand madrasasi va ilmiy toʻgaragi Sharq madaniyati va fani tarixida ulkan ahamiyat kasb etdi, — deydi Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Ozoda Bekmurodova. — Mamlakat ravnaqiga, shuningdek, koʻp xalqlarning madaniy rivojlanishiga katta taʼsir koʻrsatdi. Samarqandda koʻplab buyuk siymolar shakllandi. Jumladan, Xurosonning Jom shahrida 1414-yili tugʻilgan boʻlajak ulkan shoir Jomiy Ulugʻbekning Samarqand madrasasida tahsil koʻrdi. Bu yerda u Qozizoda, Ulugʻbek va Ali Qushchi kabi ulkan olimlarning maʼruzalarini eshitdi, ularning tarbiyasida boʻldi. Mirzo Ulugʻbekdek buyuk bobokalonimizni eslab oʻtkazilgan bugungi tadbirda tariximiz, ilm-fan, maʼnaviyatimiz haqida soʻz borgani shubhasiz, boshqarma xodimlarining maʼnaviy dunyosini boyitdi.

Insonning shaxsiy rivojlanishi, jamiyatdagi muvaffaqiyatli faoliyati va milliy oʻzlikni anglashda Vatanparvarlik, Sadoqat va halollik kabi maʼnaviy fazilatlar juda muhim.

— IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasida buyuk ajdodlarimizni xotirlab koʻplab davra suhbatlari uyushtiramiz, — deydi boshqarma katta inspektori, podpolkovnik Muhabbat Ahmedova. — Tadbir davomida Mirzo Ulugʻbek haqida yozilgan badiiy asarlar tilga olindi. Hayoti va ijodiy faoliyati borasida qizgʻin bahs-munozaralar boʻldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?