“Facebook” uch oyda 11,97 milliard dollar daromad oldi

AQShning “Facebook” kompaniyasi daromadi joriy yilning dastlabki uch oyida qariyb 50 foiz oshib, 11,97 milliard AQSh dollariga etdi.
Bunda sof foyda 63 foiz ortdi, deb xabar berdi “TASS” axborot manbasi.
Agar o’tgan yil birinchi choragida ushbu miqdor 3,06 milliard dollarni tashkil etgan bo’lsa, joriy yilda bu 4,99 milliard dollar deb baholanmoqda. Zero, mazkur ijtimoiy tarmoqdan oylik foydalanuvchilar soni 70 million kishiga ko’paygan.
“Jiddiy xurujlarga qaramay, bizning jamoa o’sishda davom etayotir. Har oyda 2,2 milliard kishi, har kuni esa 1,4 million kishi “Facebook”ni ishlatmoqda”, - dedi kompaniya rahbari Mark Tsukerberg.
Qayd etish joizki, hatto yaqinda 87 milliondan ziyod foydalanuvchilar ma’lumotlari tarqalib ketishi bilan bog’liq ro’y bergan mashmasha ham kompaniya moliyaviy ko’rsatkichlari yaxshilanishiga xalaqit bera olmadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring