“Facebook” 276 million AQSH dollari jarimaga tortildi

14:12 05 Dekabr 2022 Dunyo
945 0

Foto: Illustrativ foto

“Meta” kompaniyasi Yevropa Ittifoqi foydalanuvchilari maʼlumotlarini oshkor etganligi uchun 276 million AQSH dollari miqdorida jarimaga tortildi.

Ushbu jarima 2018-yil may oyidan 2019-yil sentyabr oyi davomida 500 milliondan ortiq “Facebook” foydalanuvchilari maʼlumotlari shunchaki internet tarmoqlarida tarqatib yuborilganligi ustidan olib borilgan tergov natijalari asosida qoʻyilgan.

“Meta” kompaniyasi ushbu kamchiliklar bartaraf etilganligi va shunga oʻxshash holatlar takrorlanmasligi haqida maʼlum qilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер