Fabio Kannavaro Oʻzbekistonda qancha maosh olishi mumkinligi aytildi
Oʻzbekiston milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro yiliga 4 million dollar maosh oladi. Bu haqda Rossiyaning “Sport Ekspress” nashri xabar berdi.
Unga koʻra, murabbiy bilan 1-yillik shartnoma imzolangan va uning oylik maoshi 330 ming dollarni tashkil etadi.
Maʼlumot uchun, hozirgi kunda Fransiya terma jamoasi ustozi Didye Deshamning yillik maoshi ham 4 million dollarni tashkil etmaydi.
4 million dollar ayni vaqtda oʻzbek soʻmiga nisbati 56 milliard 740 million soʻm atrofida boʻladi. Ushbu mablagʻga bemalol 120 ta “Malibu” avtomashinasini sotib olish mumkin.
Eslatib oʻtamiz, Fabio Kannavaro oktyabr oyidan Oʻzbekistonda ish boshlashi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring