Yevropaning toʻrt davlatida elektr taʼminotida uzilishlar kuzatilmoqda

Foto: AP
Yevropa Ittifoqining toʻrtta mamlakati — Fransiya, Belgiya, Ispaniya va Portugaliyada elektr energiyasining keng koʻlamli uzilishlar kuzatildi.
“Cadena SER” maʼlumotlariga koʻra, shu fonda Ispaniya boʻylab poyezdlar, jumladan, metro qatnovi toʻxtagan, svetoforlar va baʼzi aeroportlar ishlamay qolgan. Nomaʼlum sababga koʻra, mamlakatda elektr energiyasi isteʼmoli 25 184 megavattdan 12 425 megavattga tushib ketdi.
Taʼkidlanishicha, Fransiyada elektr taʼminotidagi uzilishlar butun mamlakatga emas, faqat Burgundiyaga taʼsir qildi.
Bungacha bir qator Yevropa mamlakatlarida Germaniya, Niderlandiya va Belgiyada elektr energiyasi narxi tushib ketgani aytilgandi.
Oʻz navbatida, Ispaniya hukumati mamlakatda elektr taʼminotidagi katta uzilishlarga munosabat bildirdi
Taʼkidlanishicha, hukumat butun mamlakat boʻylab kuzatilgan elektr taʼminotidagi uzilishlar fonida milliy elektr tarmoqlari operatori “Red Electrica” shtab-kvartirasida inqiroz qoʻmitasini tuzgan.
Qoʻmita yigʻilishida bosh vazir Pedro Sanches va Ispaniya bosh vaziri oʻrinbosari Mariya Xesus Montero ishtirok etgan.
Ispaniya aeroporti operatori “Aena” maʼlumotlariga koʻra, mamlakat aeroportlarida elektr taʼminotidagi uzilishlar tufayli zaxira generatorlar ishga tushirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Milliy sertifikat imtihoni natijalari 21 ish kuni ichida e’lon qilinadi — Bilimni baholash agentligi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Ichki ishlar vaziri Buxoro viloyati IIBning 10 ga yaqin rahbarini ishdan boʻshatdi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Yangi hafta avvalida qanday ob-havo kuzatilishi maʼlum qilindi
- “Qutadg‘u bilig” dostoni qo‘lyozmasining faksimile nusxasi yaratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring