Yevropaning “dron devori” nima uchun zarur?
NATO bosh kotibi Mark Ryuttening soʻzlariga koʻra, NATO va Yevropa Ittifoqi oʻz aʼzolarini dron hujumlaridan himoya qiladigan “dron devori” gʻoyasi ustida hamkorlik qilmoqda.
Ryuttening soʻzlariga koʻra, YI va NATO turli darajadagi huquqlarga ega boʻladi. Shimoliy Atlantika alyansi harbiy imkoniyatlarni, Yevropa Ittifoqi esa moliyalashtirishni taʼminlaydi.
NATOning sharqiy qanotida bunday “devor” zarurligi haqida avvalroq Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen ham maʼlum qilgan edi. Mudofaa boʻyicha Yevropa komissari Andrius Kubilus esa Yevropa Ittifoqining bu boradagi imkoniyatlari hozircha juda cheklangan ekanini tan olgan. Bu haqda “Reuters” xabar bermoqda. Shu sababli loyihaning taqdiri hali ham savol ostida boʻlib turibdi.
Eslatib oʻtamiz, oxirgi vaqtlarda sharqiy Yevropa davlatlarida Rossiyaning bir qancha dronlari paydo boʻldi va holat Gʻarbda xavotir uygʻotgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring