Yevropa Rossiya bilan urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Vengriya Bosh vaziri

20:44 17 Yanvar 2026 Dunyo
643 0

Foto: EPA-EFE

Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari Rossiya bilan urushga ochiqchasiga tayyorgarlik koʻrmoqda. Yevropa Ittifoqi Kengashi uchrashuvlari koʻproq urush kengashlariga oʻxshaydi. Bu fikrlarni Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban aytib oʻtdi.

“Men Yevropa Ittifoqi Kengashi yigʻilishlarida nimalar boʻlayotganini koʻryapman va sizga qatʼiy aytamanki, ular urushga kirishadi. Bu uchrashuvlar siyosiy muhokamalar emas. Keyingi paytlarda ular urush kengashlariga oʻxshab qoldi. Ularda bizdan ancha katta davlatlar — nemislar, fransuzlar va boshqalar — ruslarni qanday magʻlub etishni, ularni qanday qilib reparatsiya toʻlashga majbur qilishni, ularni hozirda ukrainlarga berayotgan pulini qaytarishga qanday majburlash haqida muhokama qilishmoqda... Demak, Gʻarbiy Yevropa haqiqatan ham urushga tayyorgarlik koʻrmoqda”, — dedi Orban M1 telekanali tomonidan namoyish etilgan Miskolcdagi tadbirda.

Uning soʻzlariga koʻra, Vengriyaning urushga tortilish xavfi “kundalik xavf” hisoblanadi. Shuning uchun Vengriya hukumati uchun kelajakdagi har qanday rejaning dastlabki ikkita bandi “urushdan chetda qolish” va “pulini Ukrainaga bermaslik”dir.

Orban ilgari Yevropa rahbarlari 2030-yilga kelib Rossiya bilan urush boshlashni jiddiy koʻrib chiqayotganini va Vengriya bunga aralashmaslikka harakat qilishi kerakligini aytgan edi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin avvalroq Rossiyaning Yevropa bilan urushga kirish niyatida emasligini, ammo agar Yevropaning oʻzi qaror qilsa Rossiya hozir tayyor ekanligini aytgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?