Yevropa Komissiyasi Rossiyaning yadro sektoriga qarshi sanksiyalar qoʻllash rejasidan voz kechgan — OAV

00:10 17 Fevral 2023 Dunyo
922 0

Foto: РИА «Новости»

Yevropa Komissiyasi navbatdagi sanksiyalar paketida Rossiya yadro sektori yoki uning vakillariga nisbatan sanksiyalar qoʻllash rejalaridan voz kechdi. Bu haqda “Politico” nashri uch diplomatga tayanib xabar bermoqda.

Yevropa Ittifoqi ijroiya organi dastlab Yevropa Ittifoqi davlatlariga Rossiyaning fuqarolik yadro sektoriga qarshi sanksiyalarni ishlab chiqishga harakat qilishini aytgandi. Oʻtgan hafta Yevropa Ittifoqi yetakchilarining uchrashuvi oldidan Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy blokni «Rosatom»ga qarshi sanksiyalar joriy etishga chaqirgan.

Ammo, nashr manbalariga koʻra, bu reja barbod boʻlgan. “Afsuski, yadro sektori bu paketga kiritilmagan”, dedi Yevropa Ittifoqi diplomatlaridan biri.

Nashrning qayd etishicha, Vengriya uzoq vaqtdan beri yadro sektoriga qarshi sanksiyalarga qarshi boʻlib, oʻzining «Rosatom»ga qaramligiga ishora qiladi. Vengriyaning potensial vetosini yengib oʻtish uchun Yevropa Ittifoqi «Rosatom» va boshqa kompaniyalarning alohida xodimlarini roʻyxatga kiritishni koʻrib chiqdi, ammo oxir-oqibatda bunday ham qilmaslikka qaror qilgan.

Shu yilning 5-fevral kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining Rossiya yadro sanoatiga qarshi sanksiyalar boʻyicha qarori kuchga kirganini eʼlon qildi. Hujjatga koʻra, Rossiyaning 200 ta yuridik shaxsiga, jumladan, «Rosatom»ga nisbatan sanksiyalar joriy etilgan.

Bunga javoban «Rosatom» davlat korporatsiyasi yadro energetikasi siyosatdan tashqarida boʻlishi kerakligini taʼkidladi.

Avvalroq, “Reuters” agentligi Yevropa Ittifoqi mamlakatlari  “maxsus harbiy operatsiya” boshlanganining bir yilligi — 24-fevralga qadar Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni qabul qilishga ulgurishi haqida xabar bergan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер