Yevropa kinematografiyasi yoshlar nigohida
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Fargʻona politexnika instituti katta madaniyat saroyida IX Yevropa kinofestivali doirasida maxsus namoyishlarning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi elchisi Toyvo Klaar boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.
Tantanali marosimda qayd etilganidek, keyingi yillarda mamlakatimizda Yevropa Ittifoqi bilan oliy taʼlim, savdo-iqtisodiy, suv, energetika, transport va madaniy-gumanitar sohalarda keng koʻlamli hamkorlik aloqalari rivojlanib bormoqda. Xususan, mazkur taʼlim muassasasida Erasmus+ dasturlari doirasida 5 ta loyiha amalga oshirilayotir.
Taqdimot tadbirida Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi elchisi Toyvo Klaar soʻzga chiqib, ushbu festival Yevropa Ittifoqi va Oʻzbekiston oʻrtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, Yevropa kinematografiyasining xilma-xilligini namoyish etish uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini taʼkidlab, dasturdagi har bir film tomoshabinlarni jiddiy mulohazaga chorlashini aytib oʻtdi.
— Yevropa kinoijodkorlari tomonidan taqdim etilgan “Imadning bolaligi” va “Hayot goʻzal” badiiy filmlari menda katta taassurot qoldirdi. Filmlar namoyish etilganidan soʻng elchi bilan bu boradagi fikrlarimizni muhokama qilish hamda Yevropadagi taʼlim dasturlari boʻyicha maʼlumot almashish imkoniga ega boʻldik, — deydi Fargʻona politexnika instituti talabasi Mohinur Roʻziyeva.
Aytish joiz, kinofestivaldan koʻzlangan asosiy maqsad Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash hamda kino sanʼatida erishilayotgan yutuqlar bilan yaqindan tanishishga qaratilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Bollivud yulduzi Mumbaydagi uyida pichoqlab ketildi
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- HAMAS va Isroil oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi
- Bir xum tilla topib olindi. Ushbu xazinada Gʻarbiy Rim imperiyasi imperatorining suratlari tushirilgan 141 dona oltin tanga bor
- Poykentdan Oʻrta Osiyoda eng qadimiy sanalgan metall qurollar topildi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring