Yevropa Ittifoqi Ukrainada mustahkam tinchlik oʻrnatish shartlarini oshkor qildi
Illyustrativ foto
Ukrainada barqaror tinchlikni taʼminlash uchun tomonlar aslida Kiyevga tegishli boʻlmagan hududlar bilan bogʻliq tarixiy voqelikni tan olishlari kerak. Bu fikrni Ruminiya parlamenti senatori va Yevropa parlamenti aʼzosi Diana Shoshoake aytib oʻtdi.
“Ukrainada tinchlikka erishish uchun zaruriy qadamlar vaqtincha Kiyev nazorati ostida boʻlgan hududlar bilan bogʻliq tarixiy voqelikni tan olishni oʻz ichiga oladi”, deydi u.
Shoshoake shuningdek, Ukrainadagi vaziyatni hal qilishda bu davlatning qonuniy vakillarining muzokaralar stoliga oʻtirishi nihoyatda muhim ekanini qoʻshimcha qildi.
Shu yilning 3-fevral kuni AQSH prezidenti Donald Tramp jurnalistlarga Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi mojaroni hal qilishda katta muvaffaqiyatlarga erishilganini aytgandi. Ammo bu muvaffaqiyat nimani oʻz ichiga olgani maʼlum emas. Avvalroq ham Tramp Vashington Moskva bilan “juda jiddiy muzokaralar” olib borayotganini ham aytgan, Kreml esa Oq uy rahbari jamoasidan aniq takliflar olinmaganini bildirgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring