Yevropa Ittifoqi pandemiya boshlanganidan beri dunyoning 130 mamlakatiga 800 million doza vaksinani eksport qildi

10:00 07 Oktyabr 2021 Dunyo
733 0

Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Leyenning aytishicha, koronavirus pandemiyasi boshlanganidan beri Yevropa Ittifoqi 130 mamlakatga 800 million doza COVID-19 vaksinasini eksport qilgan va yana 500 million dozani tekin yetkazib bergan. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

“Biz dunyoning 130 mamlakatiga 800 million dozani etkazib berdik, yana 500 millioni xayriya qilindi”, - dedi fon der Leyen.

Yevropa Komissiyasi rahbari Yevropa Ittifoqi pandemiyaga qarshi kurash global harakat boʻlishi kerak degan tamoyilga qatʼiy amal qilishini taʼkidlab, Yevropa Ittifoqi vaksinalarni yetkazib berish mavzusida barcha asosiy sheriklari bilan yaqin aloqada ekanligini aytdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?